Shuncha beshlar qayerda qoldi?
"Sinfdoshim Behruz hozir AyTi biznesmen, kompaniyalar uchun sayt va ilovalar yasaydi, 30 tacha xodimi bor. Lekin u maktabda menchalik yaxshi oʻqimasdi.
Men esa aʼlochi boʻlganman. Shunday boʻlsa-da hozir sal yoʻlimni topishda qiynalib turibman."
🔼 Bunday holatlar koʻp uchraydi: maktabda nazarga ilinmagan bola kun kelib muvaffaqiyatli odamga aylanadi. Eng aʼlochi bolada esa buning teskarisi boʻlishi mumkin. Nega? Shuncha beshlar qayerda qoldi?
Chunki baʼzida tabaqalinish oshib, sinf ichida sinflar:
“aʼlochilar” va
“ikkichilar” paydo boʻladi. Oʻzlashtirishda ortda qolganganlar hayotning ilk ruhiy zarbalarini qabul qilib, kuchli boʻlib boradi.
💪 Bilimdonlarning esa boshi kitobdan va maqtovdan chiqmay, real hayotda uchrashi normal hisoblangan muvaffaqiyatsizliklarda sinib qolishga moyil boʻladi.
Aslida bola hayotida maktabning oʻrni biz tasavvur qilganimizdan muhimroq. Oʻquvchilar bu davrda fanlardan tashqari ijtimoiy koʻnikmalarni ham oʻrganishlari lozim.
Bola maktabda:
🫶 Har xil feʼl-atvorli sinfdoshlari bilan birga boʻlib bagʻrikenglikni,
✋ Aldanib qolsa, ishonuvchan boʻlmaslikni,
🤝 Urishib qolsa, nizoni hal qilishni,
👌 Ayb qilib, dakki olsa, har bir ishiga javobgarlikni oʻrganadi.
⬆️ Yuqoridagilarning barchasi jamiyat meʼyorlaridir. Maktablar barchani birday koʻrib oʻqitsa, muloqotga chaqirsa, yumshoq koʻnikmalarni charxlashga undasa, shunda bolalar oʻz yoʻlini topa oladi.
Qoʻshilasizmi? 💬